Biz bilan aloqa

Rossiyada mehnat faoliyati bilan shugʻullanish uchun zarur hujjatlar

1. DMS polisi

Rossiya hududiga kiruvchi barcha chet el fuqarolari tibbiy xizmat koʻrsatilishi uchun sugʻurta polisini rasmiylashtirishi kerak.

2. SNILS

Rossiyada mehnat faoliyati bilan shugʻullanish va turli davlat xizmatlaridan foydalanish uchun chet el fuqarolari SNILS rasmiylashtirishi lozim.

3. Gosuslugi

Maʼlumotnomalarni rasmiylashtirish, ariza berish va davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish uchun davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻting.

4. STIR

Mehnat patenti, mehnat yoki FHSH rasmiylashtirish, shuningdek, oʻzini-oʻzi band qilish sertifikatini olish uchun STIR oling.

5. Bank hisobi

Bajarilgan ish uchun haq olish, tezkor toʻlovlar tizimida pul oʻtkazish, QR kod orqali xaridlarga toʻlovni amalga oshirish va boshqalar uchun Rossiya bankida hisob oching.

6. Rus tili, Rossiya qonunlari va tarixini bilish

Agar Rossiya hududiga vizasiz kirsangiz, rus tili, Rossiya qonunlari va tarixini bilishingizni tasdiqlatishingiz kerak

7. Mehnat patenti

Agar Rossiya hududiga “ish” maqsadi bilan vizasiz kirsangiz, mehnat patentini olishingiz talab etiladi. Bu Rossiya hududida ishlash huquqini beruvchi hujjatdir.

Boshqa kurslar

Thu Dec 12 2024 19:41:05 GMT+0300 (Moscow Standard Time)